𝐉𝐚𝐯𝐨𝐇𝐢𝐑𝐁𝐞𝐊
Jaloliddin Manguberdi Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori Jaloliddin Manguberdi (arabcha: — Jalāl al-Dīn Menguberdī, toʻliq ismi – Jaloliddin Abulmuzaffar Manguberdi ibn Muhammad) (1198—1231) – Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220-yildan), Muhammad Xorazmshohning toʻngʻich oʻgʻli, kelib chiqishi turkmanlarning Begdili urugʻiga borib taqaladi. Jaloliddin 33 yil umr koʻrgan boʻlib, shundan 11 yili turli janglar ichida oʻtgan. Toʻliq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad. Onasi – Oychechak boʻlgan. Jaloliddining burnida xoli (mank) boʻlgani uchun ham Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib „Manguberdi“ nomi bilan mashhur boʻlib ketgan.
