𝐉𝐚𝐯𝐨𝐇𝐢𝐑𝐁𝐞𝐊
Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi davlat Oʻzbekiston (rasman: Oʻzbekiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi) – Markaziy Osiyoning markaziy qismida joylashgan mamlakat. Poytaxti – Toshkent shahri. Davlat tili – oʻzbek tili. Maydoni – 448 978 km2. Hozirda mamlakatning umumiy aholisi soni 36 milliondan ortiq. Pul birligi – soʻm. Oʻzbekiston Respublikasi hududi 12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iboratdir, shuningdek, u mustaqil, demokratik, dunyoviy va konstitutsiyaviy davlat hisoblanadi. Ammo, nodavlat tashkilotlar O‘zbekistonni “fuqarolik huquqlari cheklangan avtoritar davlat” deb ta’riflaganlar. Oʻzbekiston MDH, BMT, YXHT va SHHT aʼzosidir. Oʻzbekiston berk hududda yaʼni qirgʻoqqa ega boʻlmagan besh mamlakat bilan, yaʼni: shimoldan Qozogʻiston; shimoli-sharqdan Qirgʻiziston; janubi-sharqdan Tojikiston; janubdan Afgʻoniston; va janubi-gʻarbiy qismida Turkmaniston bilan chegaradosh
